To‘g‘ri tanlov, Muvaffaqiyatli davolash, Sog‘lom kelajak!
TARKIBI:
Kalsiy – 600 mg (kalsiy karbonat – 1500 mg)
Sink (sink oksid) – 10 mg
D3 vitamini (xolekalsiferol) – 5 mkg (200 XB)
K1 vitamini (fitomenadion) – 50 mkg
FARMAKOLOGIK GURUHI:
Kalsiy va fosfor almashinuvi regulyatori.
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Organizmda (suyaklar, tishlar, tirnoqlar, sochlar va mushaklarda) kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga soluvchi kompleks preparatdir. Organizmda kalsiy va D3 vitamini yetishmovchiligini bartaraf etish orqali kalsiyning rezorbsiyasini susaytiradi va suyak to‘qimasidagi miqdorini oshiradi. Tishlarning mineralizatsiyasida muhim rol o‘ynaydi. Kalsiy neyronlarning normal faoliyati uchun muhim elementlardan biri bo‘lishi bilan birga, mushaklarning qisqarishi va qonning ivishida ham ishtirok etadi.
Kalsiy va D3 vitaminini qabul qilish suyak to‘qimasining rezorbsiyasini tezlashtiruvchi paratireoid gormon sintezini susaytiradi. D3 vitaminining faol transport xususiyati natijasida kalsiyning ingichka ichakning proksimal qismidan tez so‘rilishi ta’minlanadi.
Sink – hayot uchun zarur mikroelementlardan biri hisoblanadi. Suyaklarning shakllanishida, suyak to‘qimasining normal rivojlanish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Sink D vitaminining ta’sirini kuchaytiradi va kalsiyning yuqori darajada o‘zlashtirilishiga sabab bo‘ladi. Sink tanqisligi osteoporoz rivojlanishiga va bo‘y o‘sishining to‘xtashiga sabab bo‘ladi. Organizmda yuzlab turli fermentlarning tarkibiy komponenti hisoblanadi, fermentativ reaksiyalarda ishtirok etadi, normal bo‘y o‘sishi va rivojlanishni tezlashtiradi, oqsil va aminokislotalar sintezida rol o‘ynaydi, erkin radikallarning hosil bo‘lishining oldini oladi. Shikastlangan nerv to‘qimasi strukturasining tiklanishini ta’minlaydi.
K1 vitamini, yoki filloxinon, asosan o‘simlik kelib chiqishli oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydi. Kalsiyning ichakdan so‘rilib suyak to‘qimasiga yetkazilishida muhim vitamin hisoblanadi. K1 vitamini faol shakldagi osteokalsin hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Osteokalsin asosiy suyak oqsili hisoblanadi, suyaklarning yangilanishi va minerallashuvi jarayonlarida kalsiyning funksiyasini tartibga soladi. K1 vitamini qonning ivish jarayonini tartibga soladi, qon ketishini to‘xtatadi, yaraning tez bitishini ta’minlaydi. K1 vitamini tanqisligida koagulyatsiya jarayonlarida ishtirok etuvchi qonning turli komponentlari sintezi kamayadi, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligi ortadi.
QO‘LLASH UCHUN KO‘RSATMALAR:
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR:
Giperkalsiyemiya, giperkalsiyuriya, nefrolitiaz, D3 vitaminining gipervitaminozi, preparat tarkibidagi har qanday komponentga yuqori sezuvchanlik.
HOMILADORLIK VA LAKTATSIYA DAVRIDA QO‘LLANILISHI:
Sutkalik dozani 1200 mg kalsiy va 10 mkg D3 vitaminidan ortiq buyurish mumkin emas.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI:
Kattalarda: osteoporoz profilaktikasi uchun 1 tabletdan kuniga 1–2 marta, davolash maqsadida esa 1 tabletdan kuniga 2–3 marta buyuriladi.
Kalsiy va D vitamini tanqisligini bartaraf etish maqsadida: 12 yoshdan katta bolalar va kattalarda kuniga 2 tablet, 2–6 yoshdagi bolalarda ½ tablet kuniga 1 marta.
Dozalash shifokor tavsiyasiga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.
NOJO‘YA TA’SIRLARI:
Allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak traktining disfunksiyalari (ich ketishi yoki diareya, meteorizm, qusish, qorin sohasida og‘riqlar), giperkalsiyemiya va giperkalsiyuriya (siydik va qonda kalsiy miqdorining ortishi).
DOZA HADDAN OSHIRILGANDA:
Anoreksiya, chanqoqlik, poliuriya, ishtahaning pasayishi, bosh aylanishi, et uvishishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, giperkalsiyemiya, giperkalsiyuriya, giperkreatinemiya.
CHIQARILISH SHAKLI:
№30 tablet. Har bir qutida 15 tabletdan iborat 2 ta blister qadoqlanadi.
MAHSULOT VA TOVAR BELGISINING EGASI:
“Novator Pharma” LLP, Buyuk Britaniya.
ISHLAB CHIQARILADI:
“PRIMEA LIMITED” Angliya.
“NOVATOR PHARMA” UK maxsus buyurtmasi bilan.