To‘g‘ri tanlov, Muvaffaqiyatli davolash, Sog‘lom kelajak!
Har tabletkadagi tarkib
Kizilchik ekstrakti – 80 mg
Momaqaymoq ekstrakti – 40 mg
Ayiq uzumi ekstrakti – 80 mg
Dala qirqbo’gimi ekstrakti – 40 mg
Makkajo’hori popugi – 80 mg
Chernika ekstrakti – 40 mg
Buyrak Choyi (Ortosifon) – 80 mg
Magniy sitrat – 30 mg
FARMAKOTERAPEVTIK GURUH: Uroseptik, diuretik, litolitik.
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Kizilchik ekstrakti (Cranberry) – ekstrakti organik kislotalar, pektin, flavonoidlar, antosianinlar, vitamin C, kaliy va temirga boy. Kizilchik ekstrakti stafilokokklar, streptokokklar, Escherichia coli va proteylarga qarshi kuchli antimikrob ta’sirga ega. Kizilchik ekstrakti antifungal ta’sirga ham ega. Bundan tashqari, Kizilchik ekstrakti pielonefrit va ginekologik yallig‘lanish kasalliklarida antibakterial preparatlarning ta’sirini kuchaytiradi. Kizilchik ekstrakti bakteriyalarni siydik-jinsiy tizimining shilliq qavatiga yopishishini oldini oladi, ularning shilliq qavatga kirib yashashi va koloniyalar hosil qilishini imkonsiz qiladi.
Ayıq uzumi ( Uva ursi L.) – bargi flavonoidlar, organik kislotalar (olma, chimchilak) va glikozidlar (arbutin, metilarbutin) bilan boy. Ayıq uzumi yallig‘lanishga qarshi, antimikrob va siydik haydovchi ta’sirga ega. Undagi arbutin va metilarbutin glikozidlar arbutaza fermenti ta’siri bilan parchalanib hosil bo‘lgan hidroksinon kuchli antimikrob va antibakterial ta’sir yaratadi, va u buyraklardan filtrlanganda mahalliy rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatib, buyrak filtrasiyasini tezlashtiradi va siydik haydovchi effekt beradi.
Makkajo’hori popugi (Zea mays L.) – tarkibida achchiq glikozid moddalar, saponin va efir yog‘lari mavjud. Shu sababli, Makkajo’hori popugi siydik haydovchi, jigar haydovchi, yallig‘lanishga qarshi va qon saqlovchi xususiyatga ega. Shuningdek, Makkajo’hori popugi jigar suyuqlik chiqarilishini tezlashtirib, uning yopishqoq va zichligini kamaytiradi, qonda protrombin miqdorini oshiradi.
Buyrak Choyi(Orthosiphon) – kaliyga boy o‘t. Barglarida ortosifon, alkaloidlar, efir yog‘lari, saponinlar mavjud bo‘lib, alfa-amirin, beta-sitosterin va tanin miqdorini oshirib, yallig‘lanishga qarshi, siydik haydovchi, jigar haydovchi, buyrak va jigar toshlarini erituvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ortosifon o‘tkir va surunkali yallig‘lanish jarayonlarida yuqori klinik samaradorlik ko‘rsatadi, bu holatlarni tezda bartaraf etadi. Kuchli siydik haydovchi ta’siri bilan organizmdan siydik kislota va xloridlarni chiqaradi. Ortosifon II va III darajali yurak-qon tomir yetishmovchiliklarida kompleks davolash tarkibida tavsiya etiladi.
Momaqaymoq ekstrakti (Taraxacum officinale) – kaliy va magniyga boy. Poyasi taraksasin, triterpen birikmalar, flavonoidlar, inulin bilan boy, shuningdek, rux, mis, selen yig‘ish xususiyatiga ega. Momaqaymoq barglari temir, kalsiy, magniy va fosfor birikmalari bilan boshqa bargli o‘tlaridan boy. Shuning uchun, Momaqaymoq yallig‘lanishga qarshi, jigar haydovchi, siydik haydovchi, ter chiqaruvchi, balg‘am tushiruvchi, isitma tushiruvchi, antiallergik va parazitga qarshi ta’sirlarga ega.
Dala qirqbo’gimi ekstrakti (Equisetum) – siydik haydovchi, hemostatik, litolitik, yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Dala qirqbo’gimi tarkibidagi 5-glikozid lüteolin hisobiga buyrak va siydik chiqaruvchi organ kasalliklarida kuchli antibakterial va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Dala qirqbo’gimi organizmda suv-tuz muvozanatini tartibga solib, buyrak va siydik chiqaruvchi tizimdagi tosh kasalliklarining, ayniqsa urat va oksalat toshlarining davolash samaradorligini oshiradi.
Chernika (Vaccinium myrtillus) – barglari inulin, flavonoidlar va antosianinlarga boy. Mevalari esa karbongidratlar, organik kislotalar, marganets va temir birikmalari, vitaminlar (C, B1, B2, P, PP) bilan boy. Chernika organizm immunitetini oshiradi, stressga chidamliligini kuchaytiradi, yallig‘lanishga qarshi, hemostatik, vazodilatator, jigar haydovchi va siydik haydovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Magniy sitrat – siydikdagi tuzlarni erigan holatda saqlab, buyraklarda kristallar va tosh hosil bo‘lishini oldini oladi. Mg siydikda 40% oksalat kislota bilan birikib, oksalat toshlarining hosil bo‘lishini kamaytiradi.
KO‘RSATKICHLAR:
QO‘SHIMCHA TASIROLAR: Nadir hollarda allergik reaksiyalar, charchoq, dispeptik holatlar.
Qarshi ko‘rsatmalar :Preparat tarkibidagi har qanday komponentga sezgirlik, oshqozon yarasi, yuqori qon ivish faktori.
HOMILALIK VA LAKTASIYA DAVRIDA ISHLATISH: Homilalik (II va III trimestr) va laktatsiya davrida ishlatilishi mumkin.
DOZALASH: Kuniga ikki marta: ertalab va kechqurun 1-2 tabletka, ovqatdan keyin, ko‘p suyuqlik bilan qabul qilinadi. Davolash muddati 2-8 hafta.
Ishlab chiqarish shakli: 30 gastro-rezistent tabletka.
MAHSUL VA SAVDO NISHONI EGASI: “NOVATOR PHARMA”, Buyuk Britaniya.