To‘g‘ri tanlov, Muvaffaqiyatli davolash, Sog‘lom kelajak!

Novarest

Novarest

HAR BIR TABLETKANING TARKIBI:
Passiflora ekstrakti - 150 mg
Yovvoyi do‘lana ekstrakti - 150 mg
Melissa ekstrakti - 100 mg
Magniy - 150 mg
B6 vitamini - 3 mg
(gastrorezistent tabletkalar)

FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI: Magniy va B6 vitamini bilan kombinatsiyalangan o‘simlik tarkibli sedativ, spazmolitik preparat.

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Passiflora ekstrakti (passiflora guli) — tarkibidagi viteksinga boy flavonoid va alkaloidlar hisobiga asab tizimiga yumshoq tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatib, asabiylik, zo‘riqish holatlarini bartaraf etadi, uyquni tiklaydi va silliq mushak tizimiga spazmolitik ta’sir ko‘rsatib yurak-qon tomir tizimi ishini yaxshilaydi.

Yovvoyi do‘lana ekstrakti (Crataegus) — flavonoidlar, xolin, atsetilxolin, fitosterinlarga boy bo‘lgani uchun barcha tomirlarga spazmolitik ta’sir ko‘rsatib, gipotenziv effektga erishilishini ta’minlaydi. Shunday qilib, miya va koronar qon aylanishini yaxshilab, miya va yurak hujayralarining metabolizmini kuchaytiradi. Miya tomirlarining kengayishi va mediatorlar muvozanatining tiklanishi natijasida esa sedativ effekt hosil bo‘ladi.

Melissa ekstrakti (melissa ekstrakti) tarkibi sitral, sitronella, geraniol, linalool, fenilpropanoidlar, xlorogen va qahva kislotalari bilan to‘yingan efir moylariga boydir. Melissa ekstrakti anksiolitik, antidepressant, spazmolitik, immunomodulyatsiya qiluvchi, virusga qarshi, antibakterial va antiallergik ta’sirlarga ega. Bu xususiyatlar Melissaning tarkibidagi aniq komponentlarning, masalan: sitronellaning — kuchli sedativ ta’siri, geraniolning — spazmolitik ta’siri, fenilpropanoidlarning — antibakterial, virusga qarshi, antiallergik va immunomodulyatsiya qiluvchi ta’sirlaridan kelib chiqadi. Melissa ishtahani oshiruvchi, siydik haydovchi va homiladorlarda ko‘ngil aynishini mukammal ravishda bartaraf etishi bilan tanilgan.

Magniy barcha hujayralarning normal faoliyati uchun muhim elementdir. Hujayralarning hayotiy muhim elementi sifatida modda almashinuvining barcha reaksiyalarida ishtirok etadi. Fiziologik jihatdan magniy hujayra ichki kationi hisoblanadi. Magniy ionlari neyronlarning qo‘zg‘aluvchanligini kamaytirib, nerv-mushak o‘tkazuvchanligini susaytiradi. Mushaklarda ion muvozanatini tiklab, barcha fermentativ reaksiyalarda ishtirok etadi. Magniy tanqisligi organizmda tremor, tetaniya, ataksiya, yuqori reflektor qo‘zg‘aluvchanlik, uyqu buzilishi, yurak ritmi buzilishi, me’da-ichak buzilishi va diareya kabi patologiyalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

B6 vitamini (piridoksin) koferment sifatida barcha almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi, nerv to‘qimasida modda almashinuvining boshqarilishini amalga oshiradi. Me’da-ichak yo‘llaridan magniyning tez so‘rilishini va hujayralarda to‘planishini ta’minlaydi.

KO‘RSATMALARI:
• Yuqori nerv qo‘zg‘aluvchanligi.
• Stress. Asabiy zo‘riqish.
• Uyqu buzilishi, uyqusizlik.
• Simpatik faollik fonida tez yurak urishi.
• Hayajon va o‘ziga ishonchsizlik holatlari.
• Surunkali charchoq, jismoniy va ruhiy holdan toyish, asteniya.
• Og‘riq va mushak spazmi, gastrointestinal spazm.
• Homilador ayollarda gipertonus.
• Homilador ayollarda toksikoz vaqtida ko‘ngil aynishini bartaraf etish maqsadida.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR: Preparatning har qanday komponentlariga nisbatan sezuvchanlik. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

NOJO‘YA TA’SIRLARI: Kam hollarda holsizlik va dispeptik belgilar.

DOZALANISHI: Novarest yuqori nerv qo‘zg‘aluvchanligi, stress, asabiylik holatlarida 1 tabletkadan kun davomida 2–4 marta, homilador ayollarda gipertonus vaqtida 1 tabletkadan kun davomida 2–3 marta buyuriladi. Uyqu buzilishi vaqtida 2 tabletka uxlashdan oldin buyuriladi. Preparatni qabul qilish ovqatdan keyin ko‘p suyuqlik bilan tavsiya etiladi. Maksimal sutkalik doza 4 tabletkadan oshmasligi kerak.

HOMILADORLIK VA LAKTATSIYA DAVRIDA BUYURILISHI: Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni buyurish mumkin.

MAXSUS KO‘RSATMALARI: Uzoq muddat qabul qilish mumkin, o‘rganib qolishni keltirib chiqarmaydi, preparatni qabul qilish vaqtida spirtli ichimliklardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

DOZA OSHIRIB YUBORILGANDA: Simptomlari: bosh aylanishi, qorin sohasida spastik og‘riqlarning bo‘lishi, qorachiqning kengayishi, ko‘ngil aynishi, qusish. Davosi: me’dani yuvish va simptomatik davolash.

CHIQARILISH SHAKLI: NOVAREST № 30. 3 blister, har birida 10 tabletkadan iborat bo‘lib, yo‘riqnoma varaqasi bilan birga karton qadoqda ishlab chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI: 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq va quyosh nurlaridan himoyalangan, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

YAROQLILIK MUDDATI: Yaroqlilik muddati blisterlarda va qutida ko‘rsatilgan. Yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatish mumkin emas.

DORIXONALARDAN BERILISH TARTIBI: Retseptsiz beriladi.

MAHSULOT VA TOVAR BELGISINING EGASI: “Novator Pharma” LLP, Buyuk Britaniya.

ISHLAB CHIQARILADI: “PRIMEA LIMITED” Angliya. “NOVATOR PHARMA” UK maxsus buyurtmasi bilan.