To‘g‘ri tanlov, Muvaffaqiyatli davolash, Sog‘lom kelajak!
HAR 10 ML SIROP TARKIBI:
Asal – 500 mg
Rosyanka suyuq ekstrakti – 248,8 mg
Kekik bargining suyuq ekstrakti – 246,3 mg
Toluana balzami ekstrakti – 241,5 mg
Altey ildizi suyuq ekstrakti – 122 mg
O‘rmon malvasining glitserinli barg ekstrakti – 115,9 mg
Qizilmiya ildizining suyuq ekstrakti – 198 mg
Qora smorodina kurtaklarining glitserinli ekstrakti – 99 mg
Quruq anis ekstrakti – 13,3 mg
Badyan moyi – 4,0 mg
Evkalipt barglarining efir moyi – 2,0 mg
Limon efir moyi – 2,6 mg
FARMAKOLOGIK GURUHI:
Balg‘am chiqaruvchi, yo‘talga qarshi, immunostimulyator va detoksikant vosita.
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Kekik (Thymus vulgaris) – ekstrakt tarkibida 0,6% gacha efir yog‘i mavjud bo‘lib, uning asosiy qismi timoldan iborat. Bundan tashqari efir yog‘ida karvakrol, terpineol, borneol kabi komponentlar ham mavjud. Kekikdagi timol qurtga qarshi, dezinfeksiya qiluvchi va og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Choyi balg‘am chiqaruvchi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega.
Rosyanka (Drosera) – ekstrakti ko‘plab yo‘talga qarshi preparatlarning tarkibida ishlatiladi. Asosan bolalarda reflektor yo‘tal va ko‘k yo‘tal paytida klinik samaradorligi yuqori ekanligi isbotlangan. Shuningdek, astma tutmalarini yengillashtiradi va hattoki vərəmlarni davolashda ham ishlatiladi.
Qizilmiya ildizi (Glycyrrhiza glabra) – ekstrakt tarkibida karbongidratlar, polisaxaridlar, organik kislotalar (yantar, limon, sharob, olma kislotalari), efir yog‘lari, triterpenlar, saponinlar, steroidlar (β-sitosterin), kumarinlar mavjud. Tarkibidagi saponinlar selikli qavatlarga stimulyator ta’sir ko‘rsatib, balg‘am ajralishini oshiradi. Shu sababli ko‘plab balg‘am chiqaruvchi preparatlarda biyan ildizi ishlatiladi. Qizilmiya o‘pka va bronxlar selikli qavatida limfotsitlar faoliyatini oshirib, Ig-A miqdorini ko‘paytiradi. Bu esa nafas olish tizimida immunitetni kuchaytiradi.
Qora smorodina (Ribes nigrum) – mevalari vitaminlar (C, B, P, A), limon va olma kislotalari, karbongidratlar, flavonoidlar, minerallar (Na, K, Ca, Mg, P, Fe) bilan boyitilgan. Qora smorodina terlatuvchi, siydik haydovchi, immunostimulyator ta’sirga ega. Tarkibidagi efir yog‘i dezinfeksiya qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Evkalipt (Eucalyptus globulus) – yaproqlari sineolga boy. Evkalipt yaproqlari dezinfeksiya qiluvchi ta’sirga ega bo‘lib, nafas yo‘llarining yallig‘lanish-infeksion kasalliklarida ishlatiladi.
Altey ildizi (Althaea officinalis) – qadimdan dorivor o‘simlik sifatida tanilgan. Tarkibida pektin, kerotin, lesitin, fitosterin va zaruriy aminokislotalar: asparagin, betain mavjud. Faol moddalar to‘qima regeneratsiyasini kuchaytiradi, yallig‘lanishga qarshi va balg‘am chiqaruvchi ta’sirga ega.
Toluana balzami (Balsamum tolutanum) – tarkibida qatron, benzoik kislota, terpenlar va vanil mavjud. Nafas yo‘llari selikli qavatida balg‘am ajralishini oshirib, patogen mikroorganizmlarning bronx devoriga kirishini oldini oladi va yallig‘lanish jarayonini tez so‘rilishini ta’minlaydi.
Limon (Citrus limon) – mevalari organik kislotalar (olma, sharob), shakar, fitonsidlar, vitaminlar (B1, B2, C), rutin, flavonoidlar, kumarinlar bilan boyitilgan. Hipovitaminozlar, avitaminozlar, oshqozon-ichak kasalliklari, mineral balans buzilishi, gipertoniya kabi holatlarda ishlatiladi.
Asal (Honey) – tarkibi 75–80% karbongidratlar (glyukoza, sakkaroza, fruktoza), vitaminlar (B1, B2, B6, E, C), fol kislota bilan boyitilgan. Avitaminoz va hipovitaminozlarni bartaraf etadi, immun tizimini kuchaytiradi, organizmning kasalliklarga chidamliligini oshiradi.
O‘rmon malva (Malva sylvestris) – tarkibida ko‘p miqdorda selik mavjud bo‘lib, o‘pka kasalliklarida balg‘am chiqaruvchi sifatida ishlatiladi. Tarkibidagi malvin moddasi kuchli mikroblarga qarshi va bakterisid xususiyatga ega. Shuningdek, sekin bitadigan yaralarni davolashda samarali.
Quruq anis (Anethum graveolens) – tarkibidagi efir yog‘lari o‘pka, bronx yallig‘lanishi, astma, ovozning yo‘qolishi, ovozning xiralashishi, isitma paytida organizm tonusini oshirish, hazm va ishtahani normallashtirish maqsadida ishlatiladi. Yog‘i bronx selikli qavatidagi bezovtaliklarni kamaytiradi va to‘plangan balg‘amni tez chiqaradi.
Badyan moyi (Illicium verum) – tarkibining 5–7% ini efir yog‘i tashkil etadi, asosiy komponenti atenol. Badyan balg‘am chiqaruvchi ta’sirga ega, yo‘talni kamaytiradi, ovozning ochilishini ta’minlaydi. Yo‘talni to‘xtatish ta’siri tufayli ayrim mamlakatlarda kichik yoshdagi bolalar uchun badyandan yo‘talga qarshi dorilar tayyorlanadi. Shuningdek, yallig‘lanishga qarshi, spazmolitik, meteorizmga qarshi ta’sir ko‘rsatadi va oshqozon faoliyatini yaxshilaydi.
KO‘RSATMALARI:
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI:
Kattalar: 5–10 ml kundalik 2–3 marta, ovqatdan 20 daqiqa keyin buyuriladi. Davolash muddati 1–4 hafta.
NOJO‘YA TA’SIRLARI:
Kam hollarda dispeptik belgilar, bosh aylanishi va allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR:
Hiperhissiylik.
CHIQARILISH SHAKLI:
Brocsevin karton qutida maxsus 150 ml flakonlarda, o‘lchov qopqog‘i va ichlik varaq bilan birga.
MAHSULOT VA TOVAR BELGISINING EGASI:
“NOVATOR PHARMA” LLP, Buyuk Britaniya
ISHLAB CHIQARILADI:
“Primea SIA” “NOVATOR PHARMA” UK maxsus buyurtmasi bilan