To‘g‘ri tanlov, Muvaffaqiyatli davolash, Sog‘lom kelajak!

Proporin Oral

Proporin Oral

Tarkibi:
15 ml da:

  • Propolis ekstrakti – 0,09 ml 
  • Ekinatsiya ekstrakti – 0,045 ml 
  • Yalpiz efir moyi – 0,012 ml 
  • Evkalipt efir moyi – 0,009 ml 
  • Qarag’ay  efir moyi – 0,009 ml 
  • Yordamchi moddalar: glitserin, shirinlashtiruvchi: Steviya o‘simligining glikozidi 

Farmakologik ta’sirlari:
PROPORIN Oral – dorivor o‘simliklar ekstrakti va efir yog‘lari izotonik eritmada eritilgan og‘iz spreyi. Yuqori nafas yo‘llari iltihabli kasalliklarida va tomoq tirnashlarida samarali. Antibakterial ta’sir ko‘rsatadi, iltihab jarayonlarini kamaytiradi.

  • Propolis ekstrakti – asalari tomonidan tayyorlangan maxsus murakkab moddadir. Tarkibi foydali moddalarga (qalangin, efir yog‘lari, qatron, vitaminlar, mikroelementlar, mum) boy. Qalangin bioflavonoidi antibakterial va antifungal ta’sir ko‘rsatadi. PROPORIN Oral tarkibidagi propolis ekstrakti MAEF™ sertifikatlangan metod bilan olinib, konsentratsiyasi yuqori: faol komponent qalangin bioflavonoidi 41 mg/ml (standart 24 mg/ml emas). Iltihabga, viruslarga qarshi, og‘riqni kamaytiruvchi (novokain bilan solishtirganda 2-3 marta kuchli) ta’sirga ega, regeneratsiyani faollashtiradi va mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi. 
  • Ekinatsiya ekstrakti – tarkibidagi biologik faol moddalar organizmning no-spesifik himoya kuchlarini faollashtiradi. Ekinosidlar fagotsitozni stimulyatsiya qilib, mikroorganizmlarning o‘sishi va ko‘payishini oldini oladi, antibiotiklar ta’sirini kuchaytiradi. Viruslarga, iltihabga va og‘riqqa qarshi ta’sir ko‘rsatadi. 
  • Yalpiz efir moyi – flavonoidlar va efir yog‘iga boy. Asosiy komponenti mentol antiseptik va iltihabga qarshi, hiperemiya, shish va og‘riqni kamaytiruvchi, sovutuvchi ta’sirga ega. 
  • Evkalipt efir moyi – tarkibi boy, asosiy komponenti sineol. Bundan tashqari terpenlar, organik kislotalar, aldehidlar, flavonoidlar va taninlar mavjud. Antibakterial, iltihabga qarshi, virusga qarshi, og‘riqni kamaytiruvchi, regeneratsiyani faollashtiruvchi va immunostimulyator ta’sirga ega. Burun va tomoq shilliq qavatini tinchlantiradi va yumshatadi. 
  • Qarag’ay  efir moyi – xlorofil, karotin, K vitamini, fitonsidlar, alkaloidlar va terpen moddalariga boy. Iltihabga qarshi, antiseptik, antifungal, regeneratsiyani faollashtiruvchi va immunostimulyator ta’sirga ega. 

Ko‘rsatmalar:

  • LOR organlarining iltihabli kasalliklari: 
    • Faringit 
    • Laringit 
    • Tonsillit (angina) 
  • Og‘iz bo‘shlig‘i iltihablari: 
    • Gingivit 
    • Glossit 
    • Stomatit 
  • Jarrohlik aralashuvlari va travmalar 
  • Stomatologik protseduralar 

Qo‘llash tartibi va doza: 1-2 purkash og‘iz bo‘shlig‘i yoki tomoq hududiga kuniga 3-4 marta.

Qarshi ko‘rsatmalar: Preparat tarkibidagi moddalar bilan shaxsiy sezgirlik.

Qo‘shimcha ta’sirlar: Aniqlanmagan.

Ishlab chiqarish shakli: Og‘iz spreyi 15 ml

Ishlab chiqaruvchi: Gricar Chemical SRL, Italiya

Mahsul va savdo belgisi egasi: “NOVATOR PHARMA”, Buyuk Britaniya