To‘g‘ri tanlov, Muvaffaqiyatli davolash, Sog‘lom kelajak!
TARKIBI:
Ginkgo Biloba – 100 mg (Ginkgo glikozidlari – 24% Terpen birikmalari – 6%)
Fosfatidilserin – 100 mg
Fosfatidilxolin – 100 mg
Glisin HCL – 100 mg
Inozitol – 100 mg
Vitamin B1 – 1,1 mg
Vitamin B2 – 1,4 mg
Vitamin B6 – 1,4 mg
Fol kislota – 200 mkg
Vitamin B12 – 2,5 mkg
FARMAKOLOGIK TA’SIRI:
CEREBROVIN – nootrop, angioprotektiv, antiagregant ta’sirga ega, shuningdek, mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydigan preparatdir.
Fosfatidilserin – neyronlarning regeneratsiyasida, neyromediatorlar (asetilxolin va boshqalar) sintezida, mediatorlarning vezikulalardan chiqarilishida, ionlar harakatida va bioelektrik energiyaning uzatilishida ishtirok etadi. Asetilxolinning sintezini stimulyatsiya qilgan holda, miya to‘qimasida xolinergik jarayonlarni faollashtiradi. Sinir hujayralarining bo‘linishi va o‘sishini ta’minlaydi. Miya to‘qimasida glyukoza metabolizmini faollashtiradi va sinir hujayralarini ishemik fəsadlarga chidamli qiladi.
Fosfatidilxolin – asetilxolinning sintezida ishtirok etadi, sinir to‘qimasida moddalar almashinuvini yaxshilaydi va xolinergik neyronlarda nerv impulslarining uzatilishini optimallashtirib, miya faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Fosfatidilxolin sfingomiyelin sintezida ishtirok etib, miyelin qoplamasi shakllanishini ta’minlaydi va hujayra membranasi strukturasi tiklanadi. Miya qon aylanishini yaxshilaydi. Nootrop, membranoprotektiv, antidepressiv va antiaterosklerotik ta’sir ko‘rsatadi. Uyquni normallashtiradi, kayfiyatni yaxshilaydi, qonda xolesterin va yog‘ kislotalarini kamaytiradi.
Ginkgo Biloba – miya, shuningdek, koronar va periferik qon aylanishini yaxshilaydi. Tarkibidagi ginkgo glikozidlari (24%) hujayralarda glykoliz jarayonini faollashtiradi (asosan miya hujayralarida), hujayralarning kislorod talabini kamaytirib, energiya ta’minotini optimallashtiradi. Shu orqali miya hujayralarining normal funksiyasini tiklab, kognitiv funksiyalarni kuchaytiradi. Ginkgo Biloba tarkibidagi terpen birikmalari (6%) qon tomir devorini mustahkamlab, tomir elastikligini oshiradi. Endotel qatlamining shikastlanishidan kelib chiqadigan eritrotsit va trombotsitlarning agregatsiyasi va adgeziyasini oldini olib, qonning reologik xususiyatlarini normallashtiradi.
Glisin – miya metabolizmini faollashtiradigan o‘zgarmas aminokislota. Markaziy asab tizimining tormozlovchi mediatorlar kompleksiga kiradi, sedativ va antidepressiv ta’sirga ega. Glisin qayt-ergik, alfa1-adrenoblokator ta’sirlar orqali, N-metil-D-aspartat reseptor faoliyatini tartibga solib, psixo-emotsional taranglik va agressivlikni kamaytiradi, ijtimoiy moslashuv va kayfiyatni yaxshilaydi.
Inozitol – sinir hujayralarini tiklaydi, uyqu sifatini yaxshilaydi va “antidepressant” vitamin sifatida tanilgan. Inozitol tomir devorida kollagen va elastin sintezini stimulyatsiya qilib, ularning mustahkamligi va elastikligini oshiradi.
Vitamin B1 (Tiamin) – asab tizimining normal ishlashi uchun muhim komponent, xotira jarayonlarini yaxshilaydi, miyani glyukoza bilan ta’minlaydi. Yog‘lar, oqsillar va karbongidratlarning energiyaga aylanishida faol ishtirok etadi, immunitetni kuchaytiradi. Sinapslarda impuls uzatilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Vitamin B2 (Riboflavin) – markaziy asab tizimi funksiyalarini bajarishni ta’minlaydi. Shuningdek, oqsil, lipid va karbongidrat almashinuvida, to‘qima nafas olishida ishtirok etadi. Organizmdagi B2 yetishmovchiligi qon quyilishi jarayonini buzadi. B2 vitaminining yetishmasligi himoya tizimini zaiflashtiradi.
Vitamin B6 (Piridoksin) – mushaklarda oqsil almashinuvida va boshqa biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Immun tizimini mustahkamlaydi.
Vitamin B12 (Sianokobalamin) – hujayralar bo‘linishi va o‘sishida, shuningdek, DNK va RNK sintezida ishtirok etadi. B12 yetishmovchiligi qon hosil bo‘lishini buzadi. B12 metabolizmda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etib, to‘qima regeneratsiyasini tezlashtiradi.
Fol kislota (Vitamin B9) – qon va immun tizimi shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Yetishmovchiligi megaloblastik anemiyaga olib keladi.
KO‘RSATMALARI:
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI:
NOJO‘YA TA’SIRLARI:
Kam hollarda dispeptik buzilishlar, bosh aylanishi va allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR:
CHIQARILISH SHAKLI:
CEREBROVIN №30 tabletkalar.
MAHSULOT VA TOVAR BELGISINING EGASI:
“NOVATOR PHARMA” LLP, Buyuk Britaniya
ISHLAB CHIQARILADI:
“Primea Limited”, Angliya. “NOVATOR PHARMA” UK maxsus buyurtmasi bilan.