To‘g‘ri tanlov, Muvaffaqiyatli davolash, Sog‘lom kelajak!

Ksinocard

Ksinocard

TARKIBI:
L-karnitin - 500 mg
Koenzim Q10 40 mg
Kversetin 25 mg

FARMAKOLOGIK GURUHI: Hujayra metabolizmini kuchaytiruvchi vosita; kardioprotektor; neyroprotektor, sitoprotektor.

L-karnitin (levokarnitin, vitamin BT, vitamin B11) - aminokislota bo‘lib, B guruhi vitaminlari oilasiga mansub. Anabolik, antihipoksik va antitireoid ta’sirga ega. Yog‘lar almashinuvini faollashtiradi, to‘qimalar regeneratsiyasini rag‘batlantiradi, ishtahani oshiradi. Organizmda L-karnitin jigar va buyraklarda sintez qilinadi, boshqa organ va to‘qimalarga tashiladi. L-karnitin uzun zanjirli yog‘ kislotalarini mitoxondrial matriksga tashiydi, bu yerda ularning parchalanishini va atsetil-KoA ning glyukoneogenez jarayonida piruvatkarboksilaza ishtirokini oshiradi. L-karnitin keton tanachalarining hosil bo‘lishini, xolin va uning efirlari sintezini, oksidlovchi fosforlanishni va energiya ajralishini, ATF sintezini tezlashtiradi. L-karnitin raqobatga kirishib glyukozani siqib chiqaradi va yog‘ kislotalarining kislorodga bog‘liq bo‘lmagan metabolizmiga yo‘l ochadi, shu sababli miya gipoksiyasida va boshqa kritik holatlarda samaralidir. Ovqat hazm qilish shiralarining sekretsiyasini va fermentativ faolligini oshiradi, oziqning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi, ortiqcha tana vaznini kamaytiradi. Jismoniy yuklamaga chidamlilikni oshiradi, og‘ir jismoniy ishlaridan keyingi asidozni bartaraf etadi. Jigar va mushaklarda glikogen zaxirasini oshiradi va uning tejamkor sarflanishini ta’minlaydi. Neyrotrofik ta’sir ko‘rsatadi, shikastlangan nerv to‘qimasini tiklaydi.

Koenzim Q10 - Q10 ubixinonining kofermentidir. Organizmning barcha hujayralarining mitoxondriyalarida mavjud. Inson organizmida faqat 10 izopren zanjirli ubixinon uchraydi. Energiya almashinuvini tezlashtiradi. Hujayralarni erkin radikallardan himoya qiladi, immunitetni oshiradi. Antioksidant, antiaterosklerotik ta’sirga ega. Qonning lipid tarkibini va reologik xususiyatlarini normallashtiradi. Miokardning qisqarish qobiliyatini yaxshilaydi, miokardning qon bilan ta’minlanishini oshiradi. Antiaritmik, gipotenziv, immunomodulyator, gepatoprotektor ta’sir ko‘rsatadi. Qondagi glyukoza darajasini normallashtiradi.

Dihidrokversetin antioksidant, kapillyaroprotektiv, detoksikatsion, shishga qarshi, regeneratsiyani kuchaytiruvchi bioflavonoid bo‘lib, kapillyarlarning faoliyatini faollashtiradi, qon tomir devorlarini mustahkamlaydi. Butun organizmda qonning mikrosirkulyatsiyasini yaxshilaydi. Miokardning qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi va ishemiyaga uchragan sohalarni tiklaydi. Dihidrokversetin kuchli antioksidant ta’sirga ega bo‘lib, hujayra membranalarini erkin radikallarning zararli ta’siridan himoya qiladi, hujayralarning erta qarish jarayonini sekinlashtiradi.

O‘LLANILISH KO‘RSATMALARI:

  • Gipoksik va ishemik holatlarda miokard oziqlanishini yaxshilab uning funksiyasini ta’minlash va tiklash maqsadida;
  • Gipoksik va ishemik holatlarda miya oziqlanishini yaxshilab uning funksiyasi va aqliy faoliyatini ta’minlash va tiklash maqsadida;
  • Intensiv jismoniy yuklamalarda mushak faoliyatini oshirish maqsadida;
  • Stressga qarshi chidamlilikni oshirish maqsadida;
  • Yog‘larning parchalanishini kuchaytirish va ortiqcha tana vaznini kamaytirish maqsadida;
  • Diabetda moddalar almashinuvini normallashtirish va yaxshilash maqsadida;
  • Bolalar va o‘smirlarda tana vazni yetishmovchiligi va o‘sishning sustlashuvida;
  • Buyrak yetishmovchiligida birlamchi va ikkilamchi L-karnitin yetishmovchiligini bartaraf etish maqsadida;
  • Ovqat hazm qilish buzilishlarida va ferment yetishmovchiligida;
  • Og‘ir kasalliklar va jismoniy yuklamalardan keyingi tiklanish davrida;
  • Homila gipoksiyasida;
  • Spermatogenez buzilishlarida.

QARSHI KO‘RSATMALAR: Preparat tarkibidagi har qanday komponentga yuqori sezuvchanlik.

NOJO‘YA TA’SIRLARI: Kam hollarda allergik reaksiyalar, qusish va ko‘ngil aynishi.

O‘LLASH USULI VA DOZASI: Ksinokard 1 tabletka kun davomida 1–2 marta ichga qabul qilinadi.

CHIQARILISH SHAKLI: Ksinokard № 30. 10 tabletkadan iborat 3 blister va yo‘riqnoma bilan birga karton qadoqda qadoqlangan.

MAHSULOT VA SAVDO BELGISI EGASI: “Novator Pharma” LLP, Buyuk Britaniya.

ISHLAB CHIQARILADI: “GRICAR CHEMICAL” Italiya “NOVATOR PHARMA” UK maxsus buyurtmasi asosida.