To‘g‘ri tanlov, Muvaffaqiyatli davolash, Sog‘lom kelajak!

Novachondrin

Novachondrin

TABLETKANING TARKIBI:
Glyukozamin sulfat – 500 mg
Xondroitin sulfat – 400 mg
Metilsulfonilmetan (MSM) – 375 mg

FARMAKOLOGIK GURUHI: Xondroprotektor.

TARKIBI: glyukozamin sulfat, xondroitin sulfat, metilsulfonilmetan, maltodekstrin, mikrokristallin tsellyuloza, gastrorezistent qobiq (tashuvchilar: etil tsellyuloza; gidroksipropil metil tsellyuloza; quyuqlashtiruvchi glitserin; o‘rta zanjirli triglitseridlar; olein kislotasi; kislotalilik regulyatori ammoniy gidroksidi. Stabilizatorlar: natriy alginat, stearin kislotasi); stabilizatorlar: kroskarmelloza, polivinilpirolidon, yopishib qolishni bartaraf etuvchi kremniy dioksidi agenti; stearin kislotasi stabilizatori; yopishib qolishni bartaraf etuvchi magniy stearat agenti.

QO‘LLASH UCHUN KO‘RSATMALAR: shifokor tomonidan, parhez manbai sifatida foydalanish uchun, tanani mustahkamlash va biologik faol moddalar manbai hisoblanib, organizm ishlashi uchun maqbul sharoit yaratadi. Bu vosita tog‘ay to‘qimasini qayta tiklash jarayonlarini yaxshilaydi, yallig‘lanishga qarshi va xondroprotektiv ta’sirga ega bo‘lib, tog‘ay va pay-boylam to‘qimalari, sinovial suyuqlik va boshqa metabolik aktiv birikmalar tarkibiy qismi hisoblanadi. Mahsulot tayanch-harakat tizimining turli xil kasalliklari uchun buyuriladi, bo‘g‘imlarning shikastlanishi va kasalliklari reabilitatsiya davrida, ayniqsa degenerativ-distrofik holatlarda, bo‘g‘imlardagi operatsiyadan keyingi davrlarda qo‘llaniladi. Novaxondrin tog‘ay to‘qimasining regeneratsiyasini yaxshilaydi, bo‘g‘imlarning harakatchanligini oshiradi, analgetiklar dozasini kamaytiradi. Preparat to‘xtatilgandan keyin ham ta’siri uzoq vaqt davom etadi.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI: kattalar uchun 1 tabletkadan kuniga 1–2 mahal ovqat paytida buyuriladi. Qabul qilish davomiyligi 3–4 oy. Shifokorning ko‘rsatmasiga ko‘ra, kerak bo‘lganda tavsiya etilgan sutkalik dozani o‘zgartirish mumkin. Qabul qilish muddati chegaralanmagan. Sutkalik dozani oshirmang. To‘liq va muvozanatli ovqatlanish o‘rnini bosuvchi parhez sifatida ishlatmang. Oziq-ovqat uchun biologik faol qo‘shimcha. Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

NOJO‘YA TA’SIRLAR: kamdan-kam hollarda dispeptik o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

QARSHI KO‘RSATMALAR: dori tarkibiy qismlariga individual sezgirlik, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

HOMILADORLIK VA EMIZISH DAVRIDA: shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra tavsiya etiladi.

CHIQARILISH SHAKLI: karton qadoqda qo‘shimcha varaqa bilan birga 10 tabletkadan 3 ta blister.

SAQLASH SHAROITLARI: quruq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoyalangan, bolalar qo‘li yetmaydigan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlang.

YAROQLILIK MUDDATI: qadoqda ko‘rsatilgan. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

DORIXONADAN SOTILISH SHARTLARI: retseptsiz.

KOMPANIYA MAHSULOTI: “NOVATOR PHARMA”, Buyuk Britaniya.

TOVAR VA MAHSULOT EGASI: “NOVATOR PHARMA”, Buyuk Britaniya.

IMPORT QILUVCHINING NOMI VA MANZILI:
“NOVATOR PHARMA” MChJ XK, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Xalqobod-2 ko‘chasi, 65-uy, 5-xonadon.
E-mail: novatorpharmatashkent@mail.ru

ISHLAB CHIQARUVCHI:
“PRIMEA LIMITED”, 20–22 Wenlock Road, London, United Kingdom N1.