To‘g‘ri tanlov, Muvaffaqiyatli davolash, Sog‘lom kelajak!

Novasan

Novasan

Tаrkibi:
Hаr bir tаblеtkа tаrkibidа: 

Fаоl mоddаlаr: 
Vitаmin C - 60 mg
Vitаmin K1 - 50 mkg
Vitаmin E - 12 mg
Vitаmin D - 4 mkg
Vitаmin A - 800 mkg
Biоtin - 45 mkg
Pаntоtеn kislоtаsi - 4,5 mg
Kаlsiy - 120 mg
Vitаmin B6 - 6 mg
Tеmir - 8 mg
Vitаmin B1 - 1,5 mg
Ruх - 11 mg
Fоliеvаya kislоtа - 380 mkg
Mаrgаnеts - 1,7 mg
Vitаmin B2 - 1,8 mg
Mis - 0,8 mg
Vitаmin B12 - 2 mkg
Yоd - 140 mkg
Sеlеn - 65 mkg
Magniy - 100 mg
Mоlibdеn - 40 mkg
Kaliy - 40 mg
Nikotinamid - 20 mg

Novasan organizmning barcha vitamin, mineral, makro- va mikroelement yetishmovchiligini bartaraf etish uchun maxsus ishlab chiqilgan preparatdir. Tarkibidagi barcha vitamin, mineral, makro- va mikroelementlar biologik faol holatda va oson o‘zlashtiriladigan birikmalar shaklidadir. Barcha vitamin, mineral, makro- va mikroelementlar organizmning kunlik ehtiyojiga mos ravishda balanslashtirilgan. Antioksidantlar (vitamin A, C, E, Se, Zn) qarish jarayonini, ateroskleroz rivojlanishini sekinlashtiradi, hujayralarni zararli omillardan himoya qiladi. Balanslashtirilgan miqdordagi B guruhi vitaminlari nerv tizimini mustahkamlab, uning normal faoliyatini ta’minlaydi. Rux esa nafaqat zararli radikallardan himoyani kuchaytiradi, balki jinsiy gormonlar sintezini oshiradi va prostata bezining normal faoliyatini ta’minlaydi. Novasan har xil turdagi avitaminozlar, gipovitaminozlar, makro- va mikroelement yetishmovchiligida istalgan guruh bemorlarga buyurilishi mumkin.

QO‘LLANILISH KO‘RSATMALARI:

  • Vitamin, mineral, makro va mikroelement yetishmovchiligini davolash va profilaktikasi,  huningdek ularga ehtiyoj ortgan holatlar;
  • Homiladorlik va emizish davrida yuzaga keladigan avitaminoz va gipovitaminozlarni davolash va profilaktikasi, shuningdek homiladorlikka tayyorgarlik davri;
  • Jinsiy tizim funksiyasining susayishi, bepushtlik;
  • Immun tizimning susayishi, jarrohlik, somatik va infeksion kasalliklardan keyingi reabilitatsiya davri;
  • Ko‘z kasalliklari;
  • Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, ateroskleroz;
  • Surunkali charchoq sindromi, stress, asteniya va nevrotik holatlarning profilaktikasi;
  • Turli etiologiyali dermatit va dermatozlar;
  • Onkologik kasalliklarda nur va kimyoterapiya davrida faol profilaktika maqsadida;
  • Bo‘g‘im va boshqa tayanch-harakat tizimi kasalliklari;
  • Erta qarishning oldini olish maqsadida;
  • Sportchilarda ortiqcha jismoniy yuklama vaqtida

NOJO‘YA TA’SIRLARI:
To‘g‘ri dozalanganda deyarli nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmaydi. Kam hollarda dispeptik belgilar.

QARSHI KO‘RSATMALARI:
Tarkibidagi har qanday komponentga yuqori sezuvchanlik. 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

QO‘LLASH USULI:
Kun davomida 1 tabletka, ertalab nonushta vaqtida ko‘p suyuqlik bilan qabul qilinadi.

CHIQARILISH SHAKLI: Novasan 30 tabletka.

MAHSULOT VA SAVDO BELGISI EGASI: "NOVATOR PHARMA" Buyuk Britaniya

ISHLAB CHIQARILADI: “PRIMEA SIA” Buyuk Britaniya. "NOVATOR PHARMA" UK maxsus buyurtmasi asosida.