To‘g‘ri tanlov, Muvaffaqiyatli davolash, Sog‘lom kelajak!

Proporin Nasal

Proporin Nasal

TARKIBI:
Propolis ekstrakti - 0,5%
Natriy xlorid - 0,9%
Na’matak ekstrakti - 2,9%
Qora smorodina  ekstrakti - 2,9%
Evkalipt efir moyi - 0,02%
Zira efir moyi - 0,003%
Yordamchi moddalar: Izotonik aritma,kaliy sharbat

FARMAKOLOGIK TA’SIRLARI:
PROPORİN Nasal dorivor o‘simlik ekstrakti va efir yog‘laridan iborat burun spreyi hisoblanadi. Burun shilliq qavatida qon aylanishini yaxshilaydi va mahalliy immunitetni oshiradi. Shilliq qavatga namlovchi ta’sir ko‘rsatadi va uni atrof-muhitning salbiy omillaridan (issiq va quruq havo, tutun, chang) himoya qiladi. Antibakterial, antifungal, virusga qarshi, yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta’sirga ega, hiperemiyani kamaytiradi, shilimshiq ajralishini normallashtiradi.

PROPORİN Nasal LOR organlari kasalliklarida samarali bo‘lib, burun va burun atrofidagi bo‘shliqlarning infektsion kasalliklarida, otitning kompleks davolashida tabiiy vosita sifatida keng qo‘llaniladi.

  • Propolis ekstrakti – asalari tomonidan maxsus tayyorlangan murakkab tarkibli modda. Tarkibi foydali moddalar (qalanqin, efir yog‘lari, qatron, vitaminlar, mikroelementlar, mum) bilan boy. Qalanqin bioflavonoidi antibakterial va antifungal ta’sir ko‘rsatadi. PROPORİN Nasal tarkibidagi Propolis ekstrakti MAEFTM sertifikatlangan metod bilan olinadi, shuning uchun yuqori konsentratsiyalangan bo‘ladi; faol komponent Qalanqin bioflavonoidi tarkibida 24 mg/ml emas, 41 mg/ml ni tashkil qiladi. Shu bilan birga yallig‘lanishga qarshi, virusga qarshi, og‘riqni kamaytiruvchi (novokain bilan solishtirganda 2–3 marta kuchli) ta’sirga ega, regeneratsiyani faollashtiradi va mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi. 
  • Natriy xlorid – kirpikli epitelning funktsiyasini yaxshilaydi, shilimshiqni suyultiradi. Shuningdek, goblet hujayralar tomonidan shilimshiq hosil bo‘lishini normallashtirib, burun shilliq qavatining normal fiziologik holatini tiklaydi. 
  • Na’matak ekstrakti – askorbin kislotasi bilan boy, tomir o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, mahalliy immunitet va regeneratsiyani faollashtiradi. 
  • Qora smorodina  ekstrakti – antiseptik, yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta’sirga ega. Mahalliy qo‘llashda tarkibidagi flavonoidlar va antosiyan pigmentlarining ta’siri bilan qisqaruvchi va hemostatik ta’sir ko‘rsatadi. 
  • Evkalipt efir moyi – boy tarkibga ega, asosiy komponenti sineol. Bundan tashqari terpenlar, organik kislotalar, aldehidlar, flavonoidlar, taninlar mavjud. Antibakterial, yallig‘lanishga qarshi, virusga qarshi, analgetik va immunostimulyator ta’sir ko‘rsatadi. Burun shilliq qavatiga tinchlantiruvchi va yumshatuvchi ta’sir beradi. 
  • Zira efir moyi – to‘yinganmagan yog‘ kislotalari (omeqa-3, omeqa-6, omeqa-9), beta-karotin, amin kislotalari, flavonoidlar, saponinlar va fermentlar bilan boy. Organizmda kollagen sintezini oshirib, burun shilliq qavatiga kuchli regeneratsiya ta’siri ko‘rsatadi. Shu bilan birga bakterisid, antifungal, allergiyaga qarshi, immunostimulyator va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. 

KO‘RSATKICHLAR:

  • O‘tkir va surunkali rinitlar 
  • Sinusitlar (gajmorit, frontit, etmoidit) 
  • O‘tkir respirator kasalliklarning profilaktikasi va davolashida 
  • Burun shilliq qavatining qurishi 
  • Burun bo‘shlig‘ida operatsiyalardan keyin 
  • Otitning kompleks davolashida 

Qollash usuli VA DOZASI:
Har burun teshigiga 1–2 püskürtme, kuniga 3 marta.
2 yoshdan yuqori bolalar: 1 püskürtme, kuniga 2 marta.

HOMILADORLIK VA LAKTASIYA:
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni ishlatish mumkin.

QARSHI KO‘RSATMALAR:
Preparatning tarkibiy qismlariga nisbatan shaxsiy sezuvchanlik.

QO‘SHIMCHA TA’SIRLARI:
Aniqlanmagan.

CHIQARILISH SHAKLI
Burun spreyi 15 ml

ISTEHSOLCHI:
Gricar Chemical SRL, Italiya

MAHSUL VA SAVDO NISHONI EGASI:
“NOVATOR PHARMA”, Buyuk Britaniya.