To‘g‘ri tanlov, Muvaffaqiyatli davolash, Sog‘lom kelajak!
TARKIBI:
Bifidobacterium bifidium, Lactobacillus acidophilus, Lactobacillus casei, Lactobacillus plantarum, Lactobacillus rhamnosus, Enterococcus faecium, Streptococcus thermophilus, Bifidobacterium longum.
Har bir bakteriyaning alohida miqdori – 0,25 × 10⁹
Bakteriyalarning umumiy miqdori – 2 × 10⁹
Saccharomices boulardii zamburug‘i – 2 × 10⁹
Inulin – 410 mg
FARMAKOLOGIK GURUHI: Simbiotik.
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Ichak mikroflorasini normallashtiruvchi simbiotik preparatdir. Probioksin ichak mikroflorasini normallashtiradi, uning muvozanatini tartibga soladi va fiziologik funksiyalarining bajarilishini ta’minlaydi. Probioksinning terapevtik ta’siri tirik bifidobakteriyalar va laktobakteriyalar hisobiga amalga oshadi. Ushbu bakteriyalar patogen va shartli-patogen mikroorganizmlarga qarshi keng spektrli antagonistik xususiyatga ega.
Probioksin tarkibidagi sut kislotasi bakteriyalari sut kislotasi, ma’lum miqdorda sirka va propion kislotasining hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Ichaklarda kislotali muhit shakllanishi patogen va shartli-patogen mikroorganizmlar rivojlanishi uchun noqulay sharoit yaratadi.
Sut kislotasi bakteriyalari monosaxaridlarning so‘rilishida va o‘t kislotalari metabolizmida ishtirok etadi, ichak epiteliy hujayralari membranalarini stabillashtirib, elektrolitlar va vitaminlarning (Vitamin B1, B2, B6, B12, K, E, PP, C, D, biotin, temir, kalsiy) so‘rilishini tezlashtiradi. Probioksin qabul qilinishi oqsillarning hazm bo‘lishini yaxshilaydi.
Bifidobakteriyalar sintez qiladigan fosfoproteinfosfataza fermenti sut tarkibidagi kazein oqsilining metabolizmida ishtirok etadi.
Ichak mikroflorasining buzilishi quyidagi holatlarda yuzaga kelishi mumkin: ich suruvchi preparatlar va antibiotiklar qabul qilinganda; tarkibida ballast moddalar kam bo‘lgan, yuqori kaloriyali, sun’iy oziq-ovqat bilan nomutanosib ovqatlanishda; stress, zo‘riqish, chekish, ko‘p miqdorda alkogol qabul qilishda; atrof-muhitdagi zaharli moddalar ta’sirida.
Bularning barchasi ichak mikroflorasi buzilishining asosiy omillari hisoblanadi.
Saccharomices boulardii ichaklarning har qanday infeksion-yallig‘lanish jarayonlarida yuqori samaradorlik ko‘rsatib, davolash muddatini qisqartiradi va klinik samaradorlikni oshiradi.
Saccharomices boulardii – xamirturush zamburug‘i. Liofilizatsiya qilingan xamirturush zamburug‘i ko‘plab patogen va shartli-patogen mikroblarga qarshi yuqori antimikrob ta’sirga ega (Clostridium difficile, Klebsiella pneumoniae, Staphylococcus aureus, Pseudomonas aeruginosa, Candida kruesei, Candida albicans, Candida pseudotropicalis, Salmonella typhimurium, Escherichia coli, Shigella dysenteria, Yersinia enterocolitica, shuningdek Enthamoeba hystolitica, Lambliae).
Preparat qabul qilingandan so‘ng Saccharomices boulardii yo‘g‘on ichakda joylashib, 3–5 kun davomida faoliyat ko‘rsatadi, so‘ngra najas bilan chiqariladi.
Saccharomices boulardii quyidagi xususiyatlarga ega:
Natijada Saccharomices boulardii ichaklarning har qanday infeksion-yallig‘lanish jarayonlarida yuqori samaradorlik ko‘rsatib, davolash muddatini qisqartiradi va klinik samaradorlikni oshiradi.
KO‘RSATMALARI:
• Antibiotiklar, sulfanilamidlar va boshqa preparatlar qabul qilish natijasida yuzaga kelgan disbakteriozlar.
• Turli etiologiyali kolitlar, jumladan nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi.
• O‘tkazilgan o‘tkir ichak infeksiyalari.
• Surunkali enterokolit.
• O‘tkir ichak sindromi.
• Diareya.
• Qabziyat, meteorizm.
• Og‘iz bo‘shlig‘i va ichak mikozlari.
• Atopik kasalliklar (atopik dermatit/neyrodermit, allergik rinokonyunktivit).
• Allergiya, allergoz.
• Terining surunkali yallig‘lanish kasalliklari.
QARSHI KO‘RSATMALARI:
Preparat tarkibidagi har qanday komponentga yuqori sezuvchanlik.
NOJO‘YA TA’SIRLARI:
Individual tarzda preparatni qabul qilmaslik mumkin.
HOMILADORLIK VA LAKTATSIYA DAVRIDA QO‘LLANISHI:
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin.
DOZALASHI:
Kattalarda: 1 kapsuladan kuniga 3 marta ovqat vaqtida.
6 yoshdan katta bolalarda: 1 kapsuladan kuniga 2 marta ovqat vaqtida.
Davolash muddati 1–3 hafta.
CHIqarilish SHAKLI: Probiocsin №30.
MAHSULOT VA SAVDO BELGISI EGASI:
“Novator Pharma” LLP, Buyuk Britaniya.
ISHLAB CHIQARILADI:
“PRIMEA LIMITED”, Angliya.
“NOVATOR PHARMA” UK maxsus buyurtmasi asosida.