To‘g‘ri tanlov, Muvaffaqiyatli davolash, Sog‘lom kelajak!
TARKIBI: Lansoprazol 30 mg
FARMAKOLOGIK GURUHI: Yaraga qarshi preparat. Proton nasosi ingibitori.
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Farmakodinamikasi
Lansoprazol – proton pompasi ingibitoridir. Antixolinergik yoki H2-gistamin retseptorlarini bloklovchi ta’siri yo‘q. Lansoprazol spetsifik ravishda me’da pariyetal hujayralarining sekretor yuzasida H+K+-ATF-azani (proton pompasini) ingibitsiya qilish orqali xlorid kislota sekretsiyasini kamaytiradi. Proton pompasi xlorid kislota sintezining oxirgi bosqichidir. Oshqozonda kislota hosil bo‘lish jarayonini oxirgi bosqichda bloklagani sababli lansoprazol xlorid kislota sekretsiyasini stimullovchi omilning tabiatidan (bazal yoki boshqa sekretsiya omillari bilan stimullangan bo‘lishidan qat’i nazar) dozaga bog‘liq ravishda ingibitsiya qiladi.
Farmakokinetikasi
NOVALANS kapsulalari ichida ichakda eriydigan qoplamali granulalar mavjud bo‘lgani sababli lansoprazolning so‘rilishi faqat granulalar oshqozondan ichakka o‘tgandan keyin boshlanadi. Lansoprazol ichga qabul qilinganda yaxshi so‘riladi va maksimal konsentratsiyasiga 1-2 soat ichida erishadi. Biokiraolishligi 80% ni tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri 1,5 soatni tashkil etadi. Ovqat bilan birga qabul qilinganda preparatning biokiraolishligi kamayadi. Lansoprazol plazma oqsillari bilan 97% bog‘lanadi. Preparatning metabolizmi asosan jigarida kechadi. Asosiy qismi organizmdan o‘t bilan, 15-30% esa metabolitlar ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.
QO‘LLANILISHIGA KO‘RSATMALAR
HOMILADORLIK VA LAKTATSIYA DAVRIDA QO‘LLANILISHI
Eksperimental tadqiqotlarda lansoprazolning teratogen ta’siri aniqlanmagan. Biroq ushbu davrda lansoprazoldan foydalanish xavfsizligi aniqlanmagan.
Shu sababli homilador ayollarda faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llanishi mumkin. Lansoprazolning ona sutiga o‘tish darajasi noma’lum. Shu sababli laktatsiya davrida emizishni to‘xtatish lozim.
QO‘LLASH USULI VA DOZASI
Preparat ertalab och qoringa, ovqatdan 30 daqiqa oldin qabul qilinadi.
O‘n ikki barmoq ichak yarasi kasalligini davolash:
1 kapsula (30 mg) kuniga 1 marta 2-4 hafta davomida;
Oshqozon yara kasalligini davolash
1 kapsula (30 mg) kuniga 1 marta 4-8 hafta davomida;
Eroziv ezofagitni davolash:
1 kapsula (30 mg) kuniga 1 marta 4-8 hafta davomida buyuriladi.
Helicobacter pylori eradikatsiyasi maqsadida kombinatsiyalangan terapiya tarkibida 7-14 kun davomida buyuriladi:
Uchlik terapiya – NOVALANS – 1 kapsula (30 mg) kuniga 2 marta, klaritromitsin – 500 mg kuniga 2 marta, amoksitsillin – 1 g kuniga 2 marta buyuriladi.
Ikki komponentli terapiya – NOVALANS – 1 kapsula (30 mg) kuniga 2 marta, amoksitsillin – 1 g kuniga 2 marta buyuriladi.
Gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERD):
1 kapsula (30 mg) kuniga 1 marta 4-8 hafta davomida buyuriladi.
Zollinger-Ellison sindromi:
Doza individual tanlanadi. Boshlang‘ich doza kuniga 1 marta 60 mg (2 kapsula). Doza tuzatish bemorning ehtiyoji va klinik holatiga bog‘liq. Zarurat bo‘lsa lansoprazol 90 mg dozada kuniga 2 marta buyurilishi mumkin. Agar sutkalik doza 120 mg dan ortiq bo‘lsa, uni 12 soat interval bilan 2 qismga bo‘lib qabul qilish kerak.
QARSHI KO‘RSATMALAR
Lansoprazol komponentiga yuqori sezuvchanlik, og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi < 30 ml/daq)
NOJO‘YA TA’SIRLARI
Diareya, ishtahaning pasayishi, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i, OIY (ovqat hazm qilish yo‘li) kandidiozi, jigar fermentlari oshishi.
CHIQARILISH SHAKLI: 14 gastro-rezistent kapsula.
MAHSULOT VA SAVDO BELGISI EGASI: "NOVATOR PHARMA" Buyuk Britaniya.
ISHLAB CHIQARILADI: «Special Product’s Line» Italiya.