To‘g‘ri tanlov, Muvaffaqiyatli davolash, Sog‘lom kelajak!
TARKIBI:
Ornitin — 200 mg
Silimarin — 140 mg
Artishok — 200 mg
FARMAKOLOGIK GURUHI: Gepatoprotektor, dezintoksikant, gipoazotemik, gipoammoniemik, o‘t haydovchi.
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Ornitin gepatoprotektor, dezintoksikant, gipoazotemik, gipoammoniemik ta’sirlarga ega. Amin guruhlarining mochevina sinteziga (ornitin sikli) sarflanishini tezlashtiradi. Ammiakning qon plazmasidagi konsentratsiyasini kamaytiradi, organizmda kislota-ishqor muvozanatining normallashishini ta’minlaydi. Insulin va somatotropin gormonining sintezini faollashtiradi. Turli kasalliklar vaqtida oqsil almashinuvini yaxshilaydi.
Silimarin tarkibi flavon birikmalaridan iborat tabiiy vositadir. Silimarin regeneratsiya qiluvchi, gepatoprotektor, dezintoksikant va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Ta’sir mexanizmi RNK-polimerazani faollashtirish orqali gepatotsitlarda turli hayotiy muhim oqsillar va fosfolipidlar sintezini tezlashtirishi bilan bog‘liq. Silimarin kuchli antioksidant ta’sir ko‘rsatib, hujayralarni erkin radikallar va peroksid birikmalarning zararlovchi ta’sirlaridan himoya qiladi. Preparatning antioksidant ta’siri flavonoidlarning fenol strukturalari erkin radikallarni o‘ziga biriktirishi hisobiga yuzaga keladi. Natijada gepatotsitlarda lipidlarning peroksidlanish reaksiyalari bloklanadi, hujayra tuzilmasining shikastlanishining oldi olinadi va regeneratsiya jarayonlari tezlashadi. Preparat nafaqat malonaldehidlar hosil bo‘lishining intensivligini kamaytiradi, balki kislorodning to‘qimalar tomonidan o‘zlashtirilishini ham yaxshilaydi. Preparat glutation zaxirasini oshirish orqali jigarning dezintoksikatsion funksiyasini kuchaytiradi. Preparat alkogol intoksikatsiyalari vaqtida asetaldehid hosil bo‘lishining oldini oladi. Preparat kuchli membranani barqarorlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatib, membranalardagi almashinuv jarayonlarini normallashtiradi. Preparatning dezintoksikant ta’siri ayni paytda toksik moddalarning gepatotsitlar membranalariga zararlovchi ta’sirining oldini olishi bilan bog‘liq. Preparatning yallig‘lanishga qarshi ta’siri yallig‘lanish mediatorlari — prostaglandinlar va leykotrienlar sintezining susaytirilishi bilan bog‘liq.
Artishok o‘t haydovchi, gepatoprotektiv va siydik haydovchi ta’sirlarga ega. Shu bilan birga qon plazmasida siydik kislotasi miqdorini kamaytiradi. Preparat gepatotsitlarda koenzimlar sintezini faollashtiradi, buning natijasida lipid va xolesterin almashinuvi yaxshilanadi, shuningdek, keton tanachalarining metabolizmi tezlashadi. Antibiotikoterapiya vaqtida jigar va buyrak parenximasiga dezintoksikatsion ta’sir ko‘rsatadi. Preparat organizmning toksinlardan, azot birikmalaridan va og‘ir metall tuzlaridan tozalanishini ta’minlaydi.
KO‘RSATMALARI:
• Surunkali virusli gepatitlar.
• O‘tkazilgan o‘tkir virusli gepatitlardan keyingi reabilitatsiya davri.
• Yog‘ almashinuvining buzilishi bilan bog‘liq jigarning shikastlanishi,
• shu jumladan, steatoz (yog‘li gepatoz) va jigarning yog‘ distrofiyasi.
• Turli etiologiyali jigar sirrozlari.
• Lipid-xolesterin almashinuvi buzilishining kompleks davolashida.
• Turli og‘irlik darajasidagi jigar ensefalopatiyalari.
• Bemorlarni oqsil yetishmovchiligida parenteral oziqlantirish vaqtida.
• Homiladorlik toksikozlari. Gestozlar.
• Toshsiz surunkali xoletsistit, o‘t yo‘llarining gipokinetik diskineziyasi.
• Gepatotoksik preparatlarni qabul qilish va jigarning dori vositalari bilan shikastlanishlari.
• Og‘ir metall, galogen va karbogidrogen bilan zaharlanishlar.
• Organik kelib chiqishli erituvchilar bilan zaharlanishlar.
• Etil spirti bilan o‘tkir zaharlanishlar, alkogolizm, alkogol qabul qilish vaqtida jigarning shikastlanishlari.
DOZALANISHI: 1 tabletkadan kuniga 1–3 marta ovqatdan keyin ichga buyuriladi.
NOJO‘YA TA’SIRLARI: Kam hollarda teri reaksiyalari, ko‘ngil aynishi va qusish.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR: O‘tkir buyrak yetishmovchiligi (plazmada kreatinin darajasining 3 mg/100 ml bo‘lishi), preparat tarkibidagi har qanday komponentga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
HOMILADORLIK VA LAKTATSIYA DAVRIDA QO‘LLANILISHI: Homiladorlik vaqtida preparatni qabul qilish shifokor nazorati ostida olib borilishi kerak. Davolash davrida emizishni to‘xtatish lozim.
DOZA OSHIRIB YUBORILGANDA: Simptomlari: nojo‘ya ta’sirlarning kuchayishi. Davosi: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolash o‘tkazish.
CHIQARILISH SHAKLI: ORNICSIL № 30. Har qutida 15 tabletkadan iborat 2 blister holda qadoqlanadi.
MAHSULOT VA TOVAR BELGISINING EGASI: “Novator Pharma” LLP, Buyuk Britaniya.
ISHLAB CHIQARILADI: “PRIMEA LIMITED” Angliya. “NOVATOR PHARMA” UK maxsus buyurtmasi bilan.