To‘g‘ri tanlov, Muvaffaqiyatli davolash, Sog‘lom kelajak!

Alligat

Alligat

TARKIBI:
Vitamin E – 100 mg (Tabiiy D-Alfa tokoferol – 150 XB)
Vitamin A – 300 mkg (Retinol palmitat – 1000 XB)

FARMAKOLOGIK GURUHI:
Vitamin; Antioksidant

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
E vitamini – yog‘da eruvchi vitamin bo‘lib, kuchli antioksidant va radioprotektiv ta’sirga ega. E vitamini oqsillarning biosintezi, hujayralarning proliferatsiyasi, to‘qima nafas olishi va hujayra metabolizmining boshqa muhim jarayonlarida ishtirok etadi. Gem va gem tarkibli fermentlar — gemoglobin, mioglobin, sitoxromlar, katalaza va peroksidaza sintezini stimullaydi, to‘yinmagan yog‘ kislotalarining oksidlanishini tormozlaydi. E vitamini organizm to‘qimalarida kislorod sarfini oshiradi. Angioprotektiv ta’sirga ega, tomirlar tonusini oshiradi, tomir devorlarini mustahkamlaydi, qon tomirlarini kengaytiradi, qonni suyultiradi, ivishning oldini oladi, periferik qon aylanishini yaxshilaydi, yangi kapillyarlarning hosil bo‘lishini stimullaydi. Qon plazmasida lipidlar darajasini normallashtirish orqali xolesterin sintezini ingibitsiya qiladi. E vitaminining immunomodulyatsion ta’siri T-hujayraviy va gumoral immunitetni stimullash bilan bog‘liq. Tokoferol reproduktiv jarayonlarda — urug‘lanish, homilaning rivojlanishi, jinsiy tizimning shakllanishi va faoliyati uchun muhim rol o‘ynaydi. Vitamin E gipofiz faoliyatiga ta’sir etib, gonadotrop gormonlar bo‘lgan FSH va LH sintezida ishtirok etadi. Tuxum hujayralarining yetilishi va ovulyatsiyaga ta’sir qiladi, embrionning bachadon bo‘shlig‘i devoriga implantatsiyasiga tayyorlaydi.

Vitamin E inson organizmida moddalar almashinuvining me’yorda saqlanishi, teri va to‘qimalarning odatiy metabolik jarayonlar natijasida yuzaga keladigan shikastlanishlardan himoyalanishida muhim rol o‘ynaydi. Ultrabinafsha va infraqizil nurlar ta’sirida terida hosil bo‘ladigan erkin radikallarni neytrallaydi.

E vitamini tanqisligida skelet mushaklari va miokardning gipotoniyasi hamda distrofiyasi rivojlanadi, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligi va mo‘rtligi ortadi, fotoretseptorlar degeneratsiyasi rivojlanib, ko‘rish buzilishlariga sabab bo‘ladi. Erkaklarda jinsiy funksiyalarning susayishi, ayollarda menstrual siklning buzilishi va homila tushishiga moyillik rivojlanadi.

Ichaklarda so‘rilgandan so‘ng tokoferolning katta qismi limfa va qonga o‘tadi, organizm to‘qimalarida tez taqsimlanadi, asosan jigar, mushaklar va yog‘ to‘qimasida to‘planadi. Preparatning maksimal konsentratsiyasi buyrak usti bezlari, gipofiz, jinsiy bezlar va miokardda aniqlanadi.

A vitamini – to‘qima almashinuvini yaxshilaydi, hujayraviy va gumoral immunitetni yaxshilaydi, miyelopoezni yaxshilaydi, makrofaglar funksiyasini normallashtiradi. A vitaminini qabul qilish nafas yo‘llari va hazm traktining shilliq qavati kasalliklari xavfini kamaytiradi. A vitamini qabul qilinganda keratinizatsiya jarayoni susayadi, to‘qimalar yangilanadi. Bundan tashqari, Alligat preparati tarkibidagi A vitamini reproduktiv a’zolar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, retinol palmitat ko‘rish signalining shakllanishida, suyak to‘qimasining shakllanishida, suyaklarning o‘sishida ishtirok etadi, ter, yog‘ va ko‘z yoshi bezlari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. A vitamini retinol molekulasidagi to‘yinmagan bog‘lar hisobiga erkin radikallarni o‘ziga biriktirib, antioksidant ta’sir ko‘rsatadi.

KO‘RSATMALARI:

  • E vitaminining gipovitaminozi
  • Menstrual sikl buzilishi, homiladorlikning buzilish xavfi, klimakterik vegetativ buzilishlar
  • Erkak jinsiy tizimi disfunksiyasi. Erkak va ayol bepushtligi, homiladorlikning muddatidan oldin to‘xtashi, bachadon ichi kontratseptivlaridan foydalanish
  • Epilepsiya, Parkinson kasalligi, Alsgeymer kasalligi, diskineziya
  • Nevrasteniya, astenik sindrom, amiotrofik birlamchi mushak distrofiyasi
  • Giperlipoproteinemiya, ateroskleroz, kardiomiopatiya, gemolitik anemiya, tomirlar spazmi
  • Mushaklarda (miopatiya), bo‘g‘imlarda, paylarda degenerativ-distrofik o‘zgarishlar
  • Biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari (sklerodermiya, tizimli qizil yuguruk, revmatoid artrit va boshqalar)
  • Teri kasalliklari (dermatit, psoriaz, trofik yaralar, ekzema)
  • Ko‘z kasalliklari (ko‘z tubining sklerotik o‘zgarishlari)
  • Travmalardan, og‘ir somatik kasalliklardan keyingi tiklanish davrida
  • Oshgan jismoniy yuklama vaqtida
  • Qandli diabet, gormonal disbalans
  • O‘sma kasalliklarining kompleks davolashida, kimyoterapiyadan keyin
  • Antioksidant terapiya zarur bo‘lgan kasalliklar vaqtida

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI:
12 yoshdan katta bolalar va kattalarga Alligat ovqatdan keyin ichga buyuriladi.

Mushak distrofiyalarida, nerv-mushak tizimi, pay-bo‘g‘im apparati kasalliklarida 1 kapsula sutkada 1 marta buyuriladi. Davolash kursi 30–60 kunni tashkil etadi, takroriy kurs 2–3 oydan keyin o‘tkaziladi.

Erkaklarda spermatogenez va potensiya buzilishlari vaqtida 1 kapsula kuniga 1–2 marta buyuriladi. Gormonal terapiya bilan birga 30 kun davomida buyuriladi.

Homilaning bachadon ichidagi rivojlanishi buzilganda 1 kapsula kuniga 1 marta homiladorlikning I trimestri davomida buyuriladi.

Homiladorlikning buzilish xavfi vaqtida 1 kapsula sutkada 1 marta 10–30 kun davomida buyuriladi.

Yurak-qon tomir, ko‘z kasalliklarining kompleks terapiyasi tarkibida 1 kapsula sutkada 1 marta buyuriladi. Davolash kursi 1–3 haftani tashkil etadi.

Dermatologik kasalliklarda 1 kapsula sutkada 1 marta buyuriladi. Davolash kursi — 20–40 kunni tashkil etadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

O‘tkir buyrak yetishmovchiligi (plazmada kreatinin darajasi 3 mg/100 ml dan yuqori bo‘lganda), preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

NOJO‘YA TA’SIRLARI:
Allergik reaksiyalar (qichishish, terining giperemiyasi). Preparat yuqori dozada uzoq muddat qabul qilinganda jigarning kattalashishi, kreatinuriya, charchoq hissi, holsizlik, bosh og‘rig‘i, dispeptik buzilishlar va ko‘ngil aynishi kuzatilishi mumkin.

HOMILADORLIK VA LAKTATSIYA DAVRIDA QO‘LLANISHI:
Homiladorlik vaqtida preparatni qabul qilish mumkin. Davolash davrida emizishni to‘xtatish lozim.

CHIQARILISH SHAKLI:
Alligat №30 gel-kapsula.

MAHSULOT VA TOVAR BELGISINING EGASI:
“Novator Pharma” LLP, Buyuk Britaniya.

ISHLAB CHIQARILADI:
“PRIMEA LIMITED” Angliya.

“NOVATOR PHARMA” UK maxsus buyurtmasi bilan.